Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Yangi tahdid: Ukraina Qrim ko‘prigini vayron qiladimi?

A A A
Yangi tahdid: Ukraina Qrim ko‘prigini vayron qiladimi?

Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Viktor Andrusiv Qrim ko‘prigining vayron bo‘lishi haqida gapirdi, uning so‘zlariga ko‘ra, bu “faqat vaqt masalasi”. Uning so‘zlarini Ukraina ommaviy axborot vositalari chop etmoqda.

Qayd etilishicha, avvaliga amaldor Ukraina tomonida Qrim ko‘prigini yo‘q qilish uchun qurol yo‘qligini aytgan. Keyin esa u bunday qurol mavjudligini aniqladi, ammo undan foydalanish uchun Azov dengizi qirg‘oqlariga yaqinroq borish kerak.

"Men bir narsani ayta olaman: Qrim ko‘prigi albatta vayron bo‘ladi", - dedi Andrusiv.

Uning xulosasiga ko‘ra, savol ko‘prikning qachon vayron bo‘lishi bilan bog‘liq.

Kiritildi: 21:36 08.05.2022. O'qildi: 8278 marta. Fikrlar soni: 14 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!