AQSh prezidenti Donald Tramp ilgari AQSh Kongressi tomonidan tasdiqlangan "2019 yilgi Rodchenkov qonuni" deb nomlangan antidoping qonunini imzoladi. Bu bilan u dopingga qarshi "urush" e’lon qildi.
Qonunda "xalqaro doping firibgarligida ishtirok etgan ayrim shaxslarga nisbatan jinoiy jazo choralari ko‘zda tutilgan va bunday fitnalardan jabrlanganlar uchun tovon puli talab qilinadi", deyiladi xabarda.
Qonunbuzarlarni 1 million dollargacha jarima va 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kutmoqda. Doping aniqlangan ayrim sportchilarni javobgarlikka tortish qonunda ko‘zda tutilmagan.