Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Yangi batareyalar lityum-ion batareyalariga qaraganda 10 marta kuchliroq va portlab ketmaydi.

Yangi batareyalar lityum-ion batareyalariga qaraganda 10 marta kuchliroq va portlab ketmaydi.

NASA va Honda muhandislari ftorid-ion batareyalar ishlab chiqarishdi, ular 10 marta ko‘proq energiya saqlashi va smartfon ichida portlab ketmaydi. Bu xaqda sayti popmech.ru xabar bermoqda.

Zamonaviy lityum-ion batareyalar hamma joyda, smartfonlardan tortib, to elektr transport vositalariga qadar undan qo‘llaniladi. Arzon va qulay, bu batareyalar hali ham bir qator kamchiliklarga ega. Albatta, eng muhimi, zaryadlarni saqlash sig‘imining imkoniyati va atrof-muhitga ta’siri.

NASA reaktiv texnologiyalariLaboratoriyasi va Honda mutaxassislaridan iborat tadqiqotchilar komandasi, bu vaziyatni to‘g‘rilash uslubini topishganligi xaqida bayonot berishdi. Ular lityum-ion batareyalaridan o‘n marta yuqori bo‘lgan, ishlab chiqarish uchun kamroq resurslarni talab qiladigan, o‘ziga xos energiya zichligini ta’minlaydigan ftorli batareyani ishlab chiqdilar.

Olimlarning o‘zlarining xabar berishicha, akkumulyator batareyasi yangi konsept sifatida avvalroq ishlab chiqilgan, biroq u muhim bir kamchilikka ega bo‘lgan, ya’ni bunday akkumulyatorning ishlashi uchun yaxshi isitiladigan pechning harorati (taxminan 160 daraja Selsiy bo‘yicha) talab qilingan. Ammo, yangi model xona haroratida energiya ishlab chiqarishga qodir - va uning avvalgi muqobili kabi portlab ketmaydi.

Honda Research Institute tadqiqot instituti tadqiqotchisi va maqola muallifi Kristofer Bruksning aytishicha, "lityum-ionli batareyalardan farqli o‘laroq, ftor-ion batareyalar haddan ziyod qizib ketgan taqdirda ham juda xavfli emas va uni yaratish uchun qazib olinadigan material esa ekologiyaga nisbatan kam ta’sir o‘tkazadi. O‘z navbatida, hatto kashfiyotchilar, zamonaviy akkumulyator texnologiyalarini bozorga chiqarish har doim, ham muhandislik, ham byurokratik jihatdan bir qator qiyinchiliklar bilan bog‘liqligini ta’kidlamoqdalar. Muhandislar yangi mahsulot yaqin kelajakda bozorga kirib, lityum-ion batareyalarni asta-sekin almashtirib siqib chiqarishiga umid qilmoqdalar.

Manba: ufq. uz

Kiritildi: 22:51 11.12.2018. O'qildi: 2126 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!