Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Yana bir "Malibu 2" jarima maydonidan joy oldi

A A A
Yana bir "Malibu 2" jarima maydonidan joy oldi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining da’voni ta’minlash chorasini qo‘llash haqidagi ajrimiga asosan qarzdor S.A.dan undiruvchi "Anor Bank" foydasiga kredit qarzdorligini undirish, undiruvni garov mulkiga qaratish haqidagi da’vo arizasi Byuroning Shayxontohur tuman bo‘lim ish yurituviga 15.02.2024 yilda kelib tushgan.

Shu kuni ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror chiqarilib, tomonlarga yuborilgan.

Qarzdor fuqaro bank oldidagi kredit qarzini ixtiyoriy so‘ndirmagani sababli majburiy ijro harakatlariga kirishilib, garovdagi "Malibu 2" avtotransport vositasi xatlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha keyingi ijro harakatlari olib boriladi.

Kiritildi: 22:13 20.02.2024. O'qildi: 2252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik