Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Yana bir fuqaro pul kuchini Qonundan ustun qo‘ymoqchi bo‘ldi

Yana bir fuqaro pul kuchini Qonundan ustun qo‘ymoqchi bo‘ldi

Joriy yilning 23 fevral kuni Sirdaryo viloyati Sardoba tumani IIB YHXB YPX katta inspektori Z.Djabbarov belgilangan taqsimot asosida Sardoba tumani hududida xizmat olib borayotgan vaqtida,  haydovchi R.M. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasini o‘rnatilgan tartibda to‘xtatgan.
Transport vositasining yon oldi oynalarini tusi tegishli ruxsatnomasiz o‘zgartirilganligi inspektor tomonidan aniqlangan va o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan. 24 fevral kuni haydovchi R.M. tuman IIB YHXB MA inspektori J.Xolbo‘tayevga transport vositasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 1.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif etgan. 
Xodimning bildirgisiga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida haydovchi R.M. tuman YHXB MA inspektori J.Xolbo‘tayevga 880 ming so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida qo‘lga olingan. 
Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati Sardoba tuman prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:11 25.02.2020. O'qildi: 1812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!