Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Yana bir dushman! Daniya Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda

Yana bir dushman! Daniya Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda

Shimolda Rossiya bazalari sonining ko‘paygani, shuningdek, Rossiya dengiz floti suv osti kemalarining faolligi oshgani sababli Daniya Arktikadagi harbiy dasturlarga ajratiladigan mablag‘ni uch baravar oshiradi.

Bu haqda Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen NATO sammitining yubileyidan keyin ma’lum qildi. “ArcticToday” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, siyosatchi allaqachon Tramp bilan bu borada suhbatlashgan.

Natijada, Daniyaning harbiy xarajatlari uch yil ichida 1,5 milliard Daniya kronasiga (220 million dollar) ko‘payib, 28,5 milliard Daniya kronini tashkil qiladi.

Ushbu mablag‘ Daniyaning Arktikadagi mudofaa qobiliyatini oshirish uchun mo‘ljallangan. Xususan, skandinaviyaliklar Rossiya komandoslari qo‘ngan joyda Grenlandiya bo‘ylab patrullikni kuchaytiradilar.

Kopengagenning fikricha, iqlim o‘zgarishi tufayli Arktika mintaqasi avvalgidan ko‘ra muhimroq bo‘ldi. Daniya Qirollik harbiy kollejining akademigi Jon Rahbek-Klemensenning so‘zlariga ko‘ra, Arktika zonasining Rossiya tomonidan juda tez sur’atlarda o‘zlashtirilayotganligi Daniyaga boshqa yo‘l tanlashga imkon bermayapti.

Avvalroq, Daniya Mudofaa vaziri Klaus Yort Frederiksen, Moskva buni amalga oshirmaguncha, ushbu hududga harbiylarni joylashtirishni taklif qilgan edi.

Kiritildi: 22:30 06.12.2019. O'qildi: 4736 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!