Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Yana bir chempion pichoqlab o‘ldirildi (foto)

Yana bir chempion pichoqlab o‘ldirildi (foto)

Ushbu holat 13 noyabr kuni sodir bo‘ldi. Sputnik Qozog‘iston xabar berishicha, dzyudochi ko‘mir uchun navbatda turgan erkaklardan biri bilan mushtlashib ketgan.

Mushtlashuv oqibatida sportchiga pichoq bilan og‘ir jarohat yetkazildi.

Jasulan Abiyev 33 yoshda edi. U Qozog‘istonda dzyudo bo‘yicha vazni 60 kilogacha bo‘lgan toifada Qozog‘iston chempioni va turli musobaqalarning ko‘p karra sovrindori bo‘lgan. 

Abiyev 2010 yilda sportdan ketib, biznes bilan shug‘ullanishni boshladi. U Stepnoy qishlog‘ida istiqomat qilgan.

Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi tariqasida Semey shahrida istiqomat qiluvchi 24 yoshli fuqaro qo‘lga olindi. Qotilga 12 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan suddan oldin tergov ishi boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, iyulda Olma-otada qozog‘istonlik figuristi, Sochidagi Olimpia o‘yinlari bronza g‘olibi Denis Ten o‘ldirilgandi. U ham ikki nafar kishi bilan yuzaga kelgan mushtlashuvda jabrlangandi.

 

Kiritildi: 17:59 17.11.2018. O'qildi: 6753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!