Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Yana bir boshliq pora berish chog‘ida ushlandi

A A A
Yana bir boshliq pora berish chog‘ida ushlandi

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida prokuratura vakillari tuman Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘ini qo‘lga oldi.

«Tuman Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘i B.D. prokuratura xodimiga u tashkilot faoliyatida aniqlangan qonunbuzarliklar bo‘yicha bayonnomada kamchiliklarni ko‘rsatmasligi evaziga 200 dollar miqdorida pora taklif qilgan. B.D. prokuratura xodimining xizmat xonasida 200 dollar pora berishga urinish chog‘ida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi», — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Ushbu holat bo‘yicha B.D.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) 1-qismiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 08:30 27.09.2018. O'qildi: 2526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik