Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yamanda arab koalisiyasining vertolyoti quladi

Yamanda arab koalisiyasining vertolyoti quladi

Arab koalisiyasining vertolyoti Yaman janubidagi Al-Maxra provinsiyasida halokatga uchradi, oqibatda uchuvchi va uning yordamchisi halok bo‘lgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Vertolyotning halokatiga texnik nosozlik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Yaman va Ummon sultonligi chegarasida joylashgan Al-Maxra provinsiyasi so‘nggi vaqtlarda Yaman prezidenti Abd Rabba Mansur Xodiyni qo‘llab-quvvatlayotgan Saudiya Arabistoni va boshqa arab mamlakatlari harbiylari hamda «Ansor Alloh» shialar harakati o‘rtasidagi janglar maydoniga aylandi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 00:20 15.09.2018. O'qildi: 1019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!