Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Yamanda 9 kishi vabodan vafot etdi

Yamanda 9 kishi vabodan vafot etdi

Yamanda vabo kasalligi tufayli to‘qqiz kishi olamdan o‘tgan. Bu haqda poytaxt Sanoda isyonchilar nazoratidagi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Yusuf Xaderiy Tvitter orqali ma’lum qildi.

Uning aytishicha, vafot etganlarning yetti nafari bolalardir.  

Avgust oyi oxirida BMT vakili Stefan Dyujarrik Yamanda qariyb 400 ming kishi vaboga qarshi emlanganini, biroq epidemiya saqlanib qolayotganini bildirgan edi. 2017 yil aprelidan beri vaboga chalinish bilan bog‘liq 1,1 milliondan ortiq holat va bu kasallik tufayli 2,3 mingta o‘lim qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Yamanda 2014 yilning avgustidan beri hukumat kuchlari isyonchi shialar o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 10:03 17.09.2018. O'qildi: 1037 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!