Bugun 12 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yaman janubida qo‘mondonga suiqasd uyushtirildi

Yaman janubida qo‘mondonga suiqasd uyushtirildi

Yaman janubidagi Aden provinsiyasida yamanlik harbiy rahbarga suiqasd uyushtirildi. Biroq, u tirik qoldi, deya xabar bermoqda mahalliy hokimiyatdagi manba.

Manbaning aytishicha, Aden viloyatining Mualla shahrida portlovchi qurilma ishga tushgan, portlash nishoni to‘rtinchi harbiy hudud qo‘mondoni, polkovnik Solih Ali Hasan al-Danbariyning mashinasi bo‘lgan.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, portlash Mualla shahridagi Yaman sosialistik partiyasi shtab-kvartirasi va polisiya bo‘limi yaqinida sodir bo‘lgan.

Kiritildi: 17:12 15.05.2022. O'qildi: 2109 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!