Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Yaman hukumati Bab al-Mandeb bo‘g‘ozini nazorat ostiga oldi

Yaman hukumati Bab al-Mandeb bo‘g‘ozini nazorat ostiga oldi

Yaman hukumat kuchlari Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi va Perim orolini to‘liq egallab oldi, Janubiy Gigantlar brigadasi esa Dhubob hududida husiylar bilan to‘qnashdi va ularning bir nechtasini qo‘lga oldi.

Bu haqda Al Arabiya English harbiy manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, Janubiy Gigantlar brigadasi Dhubob hududida husiy jangarilarining qo‘lga olinishini aks ettiruvchi fotosuratlar va videolarni e’lon qildi.

Yaman manbalariga ko‘ra, payshanba kuni kechqurun husiylar Dhubobda qamal qilingan jangchilariga hududdagi pozisiyalarini mustahkamlash uchun dengiz orqali qo‘shimcha kuchlar yubordilar.

Manbalar shuningdek, kechasi husiylar Bab al-Mandeb bo‘g‘oziga raketa hujumlari va dron hujumlarini kuchaytirganliklarini xabar qilishdi. Bo‘g‘oz hududidagi harbiy operasiyalar davom etmoqda.

"Yaman tongi" operasiyasi doirasida tongdan beri Saada va Sano viloyatlaridagi husiylar pozisiyalariga qarshi havo hujumlari davom etmoqda. Harbiy manbalarga ko‘ra, samolyotlar Yamanning shimolidagi husiylarning qal’asi hisoblangan Saada viloyatidagi Kitaf va Al-Buqa tumanlariga zarba bergan.

Bab el-Mandeb bo‘g‘ozi xalqaro savdo uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, Qizil dengizni Aden ko‘rfazi va Arabiston dengizi bilan bog‘laydi.

Kiritildi: 18:45 09.10.2026. O'qildi: 670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!