Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Yamal dam olish kuni ham mashg‘ulotlarga keldi

Yamal dam olish kuni ham mashg‘ulotlarga keldi

«Barselona»ning yosh vingeri Lamin Yamal joriy mavsumda o‘z ishiga jiddiy yondashuvi bilan ajralib turibdi. Jurnalist Aleks Pintanelning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, chorshanba kuni Yamal jamoaga berilgan rasmiy dam olish kuniga qaramay, klub bazasiga kelib, yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha kuni faqat Yamal emas, yana bir necha «Barselona» futbolchilari ham o‘z tashabbusi bilan mashg‘ulot maydoniga chiqishgan.

«Barselona» navbatdagi uchrashuvini yakshanba, 22 noyabr kuni o‘tkazadi. Xans-Diter Flik shogirdlari o‘sha kuni o‘z maydonida «Vilyarreal»ga qarshi bahs olib boradi.

La Liganing 12 turidan so‘ng «Barselona» musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Kataloniya klubi hozircha 33 ochko to‘plagan: 11 g‘alaba va bir mag‘lubiyat.

Kiritildi: 23:40 18.11.2026. O'qildi: 1031 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik