Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

“Yakkabog‘da YPX xodimi haydovchiga sodir etmagan qoidabuzarligi uchun jarima yozgani” o‘rganilmoqda

“Yakkabog‘da YPX xodimi haydovchiga sodir etmagan qoidabuzarligi uchun jarima yozgani” o‘rganilmoqda

Joriy yilning 30 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqda “Yakkabog‘da YPX xodimi haydovchiga sodir etmagan qoidabuzarligi uchun jarima yozdi” sarlavhasi ostidagi videolavha tarqaldi.

Videolavha o‘rganilganda, joriy yilning 28 noyabr kuni Yakkabog‘ tumani IIB YHXB YPX inspektori S.Kenjayev belgilangan dislokasiya asosida 4N-274 “Yakkabog‘-Yakkasaroy” atomobil yo‘lining 5-kilometrida xizmat olib borayotgan vaqtida, tuman markaziy dehqon bozori tomon harakatlanib kelgan “Neksiya” rusumli, 70 A 902 MA davlat raqam belgili avtomobilga to‘xtash ishorasini bergan.

“Yakkabog‘da YPX xodimi haydovchiga sodir etmagan qoidabuzarligi uchun jarima yozgani” o‘rganilmoqda

Ijtimoiy tarmoq

Haydovchiga svetoforning qizil chirog‘ida avtomobilining oldingi nuqtasi to‘xtash chizig‘i ustiga chiqqan holda to‘xtaganligini tushuntirgan. Haydovchi to‘xtash chizig‘i ustiga avtomobili yetmasdan to‘xtaganligini aytgan va o‘z e’tirozlarini bildirgan.

“Yakkabog‘da YPX xodimi haydovchiga sodir etmagan qoidabuzarligi uchun jarima yozgani” o‘rganilmoqda

Ijtimoiy tarmoq

Holat haydovchi tomonidan video tasvirga olingan va ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB mas’ullari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Kiritildi: 15:17 01.12.2020. O'qildi: 2995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!