Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yahudiy qiz yillar o‘tib musulmon buviga aylandi

Yahudiy qiz yillar o‘tib musulmon buviga aylandi

Laylo Jabarin o‘nlab nabiralari bilan o‘ralgan eng oddiy musulmon buviga o‘xshaydi. Ammo keyin u bolalari bilan suhbatni boshlaganda bu keksa, jigarrang hijobli ayol faqat ibroniycha gapirishi aniq bo‘ladi.

Unga tug‘ilganda Helena Bershatskiy deb nom bergan edilar. U 1942 yoki 1943 yilda nasist konslagerida rossiyalik va vengriyalik yahudiylar oilasida tug‘ilgan. Lager shifokori o‘z podvalida bir bolasi bor yahudiy oilani saqlab qoldi, buning natijasida qizcha omon qoldi.

1948 yilda bu yahudiy oilasi kemada Isroilga suzib kelib, Xayfada sohilga tushishdi. Yoshligida taqdir Xelenani arab ishchisi Muhammad Jabarin bilan uchrashtirdi - qiz uning ishxonasiga ichimlik suvini olib kelar edi. Xelenaning otasi g‘azablandi: uning tushunchasicha, qizining musulmon yigitga nikohlanishi mumkin emas edi.

Bu qizni bezovta qilmadi. U ismini Laylo deb o‘zgartirdi, turmushga chiqdi va musulmon hayot tarziga moslasha boshladi. U 1973 yilda Islomni qabul qildi.

Yahudiy ildizlariga ega musulmon buvisi hozirgi hayot haqida gapirishni yaxshi ko‘radi. Uning ta’kidlashicha, zamonaviy jamiyatdagi antisemitizm islomofobiya bilan almashtirilgan.

"Ilgari meni yahudiy bo‘lganim uchun quvg‘inlarga duchor bo‘lgan edim, endi esa musulmon bo‘lganim uchun ta’qib qilinmoqdaman", deydi Laylo Jabarin.

Kiritildi: 22:03 16.03.2020. O'qildi: 3835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!