Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Yadroviy davlatlar o‘z arsenallarini kengaytirmoqda

Yadroviy davlatlar o‘z arsenallarini kengaytirmoqda

Bu haqda SIPRI xabar berdi.

​Stolkgolm xalqaro tinchlik muammolarini tadqiq qilish instituti (Stockholm International Peace Research Institute, SIPRI) tahlilchilarining ta’kidlashicha, yadroviy davlatlar qurolsizlanish bo‘yicha o‘z majburiyatlaridan tobora uzoqlashmoqda va yadroviy arsenallarini oshirishni boshlamoqda.

To‘qqizta yadroviy davlat - AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Shimoliy Koreya va Isroil 2025 yilda yadroviy arsenallarini modernizasiya qilish va ko‘paytirish dasturlarini davom ettirdi, deyiladi SIPRI yillik hisobotida.

Shuningdek, bu mamlakatlarning aksariyati yadroviy kallaklar bilan jihozlangan yoki ularni olib yurishga qodir bo‘lgan yangi qurol tizimlarini joylashtirgan.

​2026 yilda SIPRI tahlilchilari dunyoda 12,2 mingtadan sal kamroq yadroviy jangovar kallaklarni hisoblab chiqishdi. Ularning aksariyati Rossiya va AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ushbu jangovar kallaklarning taxminan 4 ming 12 tasi raketalar va bombardimonchi samolyotlarda joylashtirilgan, qolganlari esa markazlashtirilgan harbiy saqlashda bo‘lgan. Joylashtirilgan jangovar kallaklardan 2 ming 100 tadan 2 ming 200 tagachasi yuqori jangovar shaylik holatida bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 13:11. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!