Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso Yevropada neft yetkazib berishdagi jiddiy qiyinchiliklarni shunday so‘zlar bilan ifodaladi. Uning aytishiga ko‘ra, kuz va qish mintaqa uchun yoqilg‘i ta’minoti nuqtai nazaridan qiyin bo‘ladi.
Muammo sababi sifatida Fiso Eron-AQSh mojarosini va neftni qayta ishlash zavodlari quvvatining kamayishini aytib o‘tdi.
Avvalroq Saudi Aramco rahbari ham neft zaxiralari "dahshatli darajada past" ekanligini aytgan edi.