Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

XXI asr farzandlari 150 yil yashashi mumkinmi?

XXI asr farzandlari 150 yil yashashi mumkinmi?

Markaziy Afrika Respublikasida o‘rtacha yosh 45 yoshni tashkil etadi. Biroq savol tug‘iladi 21 asr odamlari 150 yil yashay oladimi?

To‘g‘ri, sayyoradagi o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichlari bilan qiziqsangiz, yildan-yilga insonning umr ko‘rish davomiyligi ortayotganlgini ko‘rishingiz mumkin.

Biolog va genetiklarning fikriga ko‘ra, inson hayotining davomiyligi 150 yilgacha bo‘lish ehtimoli bor. Makgill  universitetining professor biologi Zigfrid Xekimi XXI asrda tug‘ilganlarning aksariyati 150 yoshga kirishi ehtimoli yuqori va buning uchun hech qanday harakat talab etilmaydi, deb hisoblaydi.

Xekimi o‘z tadqiqotida o‘tgan asrda emlash, oziq-ovqat xavfsizligi, gigiyena, stressning umumiy qisqarishi va og‘ir jismoniy ish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar insonning uzoq yillar yashashi uchun katta ta’sir ko‘rsatganligini ta’kidlab o‘tgan. Hozirda bu kabi muammolar deyarli uchramaydi. Olib borilayotgan harakatlar esa insonning uzoq va sog‘lom yashashiga hizmat qilarkan.

Kiritildi: 07:40 02.09.2019. O'qildi: 2258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!