Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Xushxabar! Jizzaxda koronavirusga chalingan bemor qolmadi

A A A
Xushxabar! Jizzaxda koronavirusga chalingan bemor qolmadi

Dunyoda koronavirus pandemiyasi avj olgan bir sharoitda yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, uni yuqtirgan bemorlarni samarali davolash borasidagi sa’y-harakatlar o‘z natijasini bermoqda.
Namangan viloyatida 4 nafardan, Jizzax viloyatida esa 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butkul sog‘aydi. Ular viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi.
Namanganda sog‘ayganlarning 1 nafari erkak, 3 nafari ayol barchasi ushbu viloyatdan. Ularning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Eng yoshi kattasi 66 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichiga 31 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 57 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 61 nafarga yetdi.
Jizzaxdan tuzalib chiqqan 33 yoshli va 31 yoshli bemorlar (erkak) jizzaxlik bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan avval 1 nafar fuqaro sog‘ayib chiqqan edi. Endilikda ushbu ikki nafar bilan viloyatdagi koronavirusga chalingan barcha bemorlar to‘liq sog‘ayib chiqishdi.  
Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 810 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 14:38 27.04.2020. O'qildi: 3670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik