Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Xorijiy kompaniyalar Rossiyani tark etishga shoshilmayapti

Xorijiy kompaniyalar Rossiyani tark etishga shoshilmayapti

Bunday xulosaga Shveysariya iqtisodchilari keldi.

Sankt-Gallen universiteti tomonidan chop etilgan hisobotga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va G7 mamlakatlari firmalarining atigi 9% dan kamrog‘i RF bozorini tark etgan.

Maxsus operasiya oldidan Rossiyada 2405 ta xorijiy kompaniya va ularning 1404 ta sho‘ba korxonalari biznes yuritgan.

Noyabr oyining oxiriga kelib, tadqiqot mualliflarining ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federasiyasidan AQSh sho‘’ba korxonalarining 18% dan kamrog‘i, Yaponiya kompaniyalarining 15% va Yevropa Ittifoqi firmalarining atigi 8,3% i chiqib ketgan.

“Tadqiqot natijalari ommaviy axborot vositalarida tez-tez eshitiladigan G‘arb kompaniyalari Rossiya bozorini ommaviy ravishda tark etayotgani haqidagi gaplarni rad etadi”, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 22:40 20.01.2023. O'qildi: 3735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!