Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Xorijdan Toshkentga uchib kelgan fuqaroning nayrangi ish bermadi

Xorijdan Toshkentga uchib kelgan fuqaroning nayrangi ish bermadi

Bojxona organlari tomonidan qimmatbaho metall hamda qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys bilan uchib kelgan fuqaro I.D. yashil yo‘lakdan harakatlanar ekan, uning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Natijada, uning yonida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan hamda jismoniy shaxslar uchun belgilangan bojxona to‘lovlarisiz olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan umumiy qiymati 22 mln. so‘mlik, og‘irligi 125.4 gramm bo‘lgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:23 23.02.2021. O'qildi: 2558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!