O‘zbekistonda fuqarolarni xorijiy mehnat bozoriga tayyorlashni kuchaytirish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi rejalashtirilmoqda.
Unga ko‘ra:
— chet tilini o‘rganish xarajatining 50 foizi davlat tomonidan qoplanadi;
— kasbiy malaka imtihonlari to‘liq bepul qilinadi;
— kompensasiya to‘lovlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolarning o‘ziga beriladi.
Shu bilan birga, “kasb + til” tamoyili asosida maxsus o‘quv dasturlari kengaytirilmoqda. Hozirda bir qator davlatlar, jumladan Germaniya, Yaponiya va Koreya bilan hamkorlikda minglab fuqarolar tayyorlanmoqda.