Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Xorij fuqarosidan aliment qanday undiriladi?»

A A A
«Xorij fuqarosidan aliment qanday undiriladi?»

– Farzandimni yolg‘iz ona sifatida nomimga rasmiylashtirganman. Erim Turkiya fuqarosi, ayni dam Turkiyada yashaydi. «ZAGS»imiz bor. Hozirda birga yashamaymiz. Undan o‘g‘limni ta’minoti uchun aliment undirishim mumkinmi?
Ismi sir tutildi.

Murojaatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi sudyasi Jaloliddin Abbasov javob berdi:
— Agar farzandingizni tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasida ota ustunida ciz bilan qonuniy nikohdan o‘tgan Turkiya fuqarosiga oid ma’lumotlar to‘liq kiritilmagan bo‘lsa, ciz tegishli hududiy fuvqarolik ishlari bo‘yicha sudga Oila kodeksiga muvofiq otalikni belgilash va aliment undirish haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilish huquqiga egasiz. Faqatgina javobgarning Turkiya davlatidagi aniq yashash manzilini aniq ko‘rsatishingiz lozim. Da’vo ariza ish yurituvga qabul qilinib, fuqarolik ishi qo‘zg‘atilgandan keyin hozirgi kunda amaldagi fuqarolik prosessual qonunchiligi va O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Jumhuriyati o‘rtasida “Fuqarolik, savdo va jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish haqida”gi Shartnomasiga asosan alohida topshiriq yuborilib, javobgarning da’vo ariza bo‘yicha fikri va sud majlisida ishtirok etishi haqida xabardor qilinadi. Sud qarori qabul qilingandan so‘ng ham uni ijro qilish shunday tartibda ijroga yuboriladi.
Bundan tashqari agar cizning turmush o‘rtog‘ingiz voyaga yetmagan bolaning otasi ekanligini tan olgan taqdirda, u bilan birga FHDYo bo‘limiga murojaat qilishingiz va FHDYo bo‘limi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining ota ustunidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Shundan so‘ng cizga sudga faqatgina aliment undirish borasida murojaat qilish huquqingiz paydo bo‘lishligi tushuntiriladi.

Kiritildi: 14:14 31.10.2022. O'qildi: 3052 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik