Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Xorazmdan chiqqan Ahmadboy

Xorazmdan chiqqan Ahmadboy

 O‘zbeklarda puli ko‘p odamning ismiga "boy" qo‘shib aytish odati bor. Bu o‘sha odamga nisbatan hurmatni bildiradi.

Esingizda bo‘lsa, sentyabrda "Sharqona lotto" lotereyasidan xorazmlik Ahmadjon Jumaniyozov 2,5 milliard so‘mlik jekpotni yutib olgan edi.

Kanalimiz bu omadli inson bilan bog‘lanib, haqiqatda shu pullarni olgani, necha kishi o‘ynagani, "zapravka"da ishlagani, kelajakdagi rejalari bilan qiziqdi. Ahmadboyning aytishicha, ular lotereyani 3 kishi pul to‘plab o‘ynashgan (avval 5 kishi deb bergandik).

— Yutuq pulini Xalq banki 100 foiz to‘lab berdi. Biz 3 kishi bo‘lishib oldik. O‘zbek bolam deydi-ku, endi farzandlarga uy-joy qilamiz, — dedi Ahmadjon Jumaniyozov.

Yutuq sohibining aytishicha, u haliyam "zapravka"da ishlamoqda va ishidan ketmoqchi emas. "Menga ishim yoqadi, boshqa ish kerakmas, boshimni qotirib, nima qilaman", dedi u.

Biz ham Ahmadboyga pullarni yaxshi kunlarda ishlatishini, oilasiga baraka olib kelishini tilaymiz.

Kiritildi: 14:14 18.10.2019. O'qildi: 4762 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!