Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Xorazmda Malibu va Nexia to‘qnashuvi: yo‘lovchi ayol halok bo‘ldi

Avto A A A
Xorazmda Malibu va Nexia to‘qnashuvi: yo‘lovchi ayol halok bo‘ldi

Kecha, 5 noyabr kuni yarim tunda “Urganch-Xiva” avtomobil yo‘lining 6-kilometrida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Natijada bir kishi halok bo‘ldi.
 
YTH qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Malibu va Nexia rusumli mashinalarning to‘qnashishi natijasida yuz bergan.
 
O‘zaro to‘qnashgan avtomobillar, xarakatlanish chizig‘idan chiqib ketib, yo‘l chekkasidagi beton ustunlarga borib urilgan. To‘qnashuv Nexia avtomobilining yo‘lovchisi bo‘lgan, 28 yoshli ayolni hayotdan bevaqt olib ketgan.
 
Xorazm IIBning ma’lum qilishicha, bugungi kunda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilyapti.

Kiritildi: 10:24 07.11.2018. O'qildi: 1402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!