Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Xorazmda garovga qo‘yilgan BYD CHAZOR avtomashinasi sotuvga qo‘yildi

Xorazmda garovga qo‘yilgan BYD CHAZOR avtomashinasi sotuvga qo‘yildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 05.02.2026 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor X.F.dan bank foydasiga jami 190,8 mln. so‘m undirish va undiruv qarzdorning o‘ziga tegishli bo‘lgan 2024 yilda ishlab chiqarilgan, qora rangli, BYD CHAZOR rusumli avtomashinasiga qaratish haqidagi ijro hujjati Byuroning Xorazm viloyati boshqarmasi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Davlat ijrochisi M.Abdukadirov tomonidan qarzdorga qarzdorlik ixtiyoriy berilgan muddat davomida bartaraf etilmasa, garovga qo‘yilgan avtomashina xatlanib, elektron onlayn savdosiga chiqarilishi va savdodan tushgan pul evaziga qarzdorlikni qoplash choralari ko‘rilishi tushuntirilgan holda ogohlantirilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari jarayonida qarzdor tomonidan bank oldidagi kredit majburiyatlari bajarilmaganligi sababli, garov mulki hisoblangan BYD CHAZOR rusumli avtomashina xatlanib, 264,1 mln. so‘mda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi orqali “E-AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun savdoga chiqarildi.

Kiritildi: Bugun 18:52. O'qildi: 280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!