Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Xorazmda fermer mashinasi xatlangach, soliq qarzini to‘ladi

Xorazmda fermer mashinasi xatlangach, soliq qarzini to‘ladi

Ma’lum bo‘lishicha, fermer xo‘jaligida 180 mln so‘m soliq qarzi bo‘lgan.

Majburiy ijro byurosi Urganch tumani bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatlariga asosan qarzdor “X.CH.” fermer xo‘jaligidan jami 180,0 mln so‘m soliq va boshqa turdagi qarzlarini undirish bilan bog‘liq 9 ta ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli “Zil” va “Class Oreon” rusumli avtotransport vositalariga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Boshqarmaning qidiruv sho‘’basi tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida mazkur avtotransport vositalari topilib, “Zil” rusumli avtotransport vositasi jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

Shuningdek, “Class Oreon” rusumli avtotransport vositasi topilib xatlangandan so‘ng, qarzdor fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan 120,0 mln so‘m soliq qarzdorligi to‘lab berilgan.

Hozirda qolgan ijro hujjatlari bo‘yicha qoldiq qarzdorlikni undirish maqsadida qarzdorga tegishli avtotransport vositalarini realizasiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 21:18 29.06.2026. O'qildi: 826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!