Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Xorazmda 27 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Xorazmda 27 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Xorazm viloyatida 27 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi.
Sog‘ayganlarning barchasi joriy yil 22 mart kuni Rossiyadan charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.
Ulardan 22 nafari erkak, 5 nafari ayollardir.
Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridan 5 nafardan, Jizzax va Andijon viloyatlaridan 3 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo  va Farg‘ona viloyatlaridan 2 nafardan, Toshkent, Namangan viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.
Xorazm viloyatidan ayni paytga qadar 94 nafar bemor butkul sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 121 nafarga yetdi.
Hozirga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 1055 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 15:15 29.04.2020. O'qildi: 2039 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!