Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi yana sakkiz nafar rossiyalik sportchiga Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida qatnashish huquqini berdi.
Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.
Daniil Medvedev, Andrey Rublyov, Karen Xachanov, Roman Safiullin, Darya Kasatkina, Lyudmila Samsonova, Yekaterina Aleksandrova va Mirra Andreeva o‘yinlarga taklif etilgan.
Ma’lumot uchun, Olimpiya o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. Tennis bellashuvlari grunt kortlarda o‘tkaziladi.