Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xonanda Rayhon: "Hayratdaman. Bu juda yomon yangilik"

A A A
Xonanda Rayhon: "Hayratdaman. Bu juda yomon yangilik"

Avvalroq OAVda to‘ylarga xonandalarni taklif qilishda cheklovlar kiritilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ta’kidlanishicha, endi to‘ylarga faqat bitta xonandani chaqirishga ruxsat berilishi mumkin.

Xonanda Rayhon ma’lumotlarga izoh berdi. Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, agar ushbu qoida joriy etilsa, unda barcha san’atkorlar uchun juda qiyin bo‘ladi. Bu haqda "upl.uz" xabar berdi.

“Men hayratdaman. Bu haqda birinchi marta eshitdim. Juda yomon yangilik. Hamma san’atkorlar uchun qiyin bo‘ladi. To‘ylar biz uchun yagona daromad manbaidir. Biz jamoamizga oylik to‘lashimiz kerak. Endi ko‘pchilik ishsiz qolishi mumkin”, – dedi Rayhon.

Kiritildi: 12:01 11.12.2019. O'qildi: 10164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!