"Manchester Siti" markaziy hujumchisi Erling Xoland Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘rtasida tanlov qildi.
Rio Ferdinand podkasti efirida futbolchi tanlov qilish qiyinligini aytdi. Ammo shu bilan birga, u Lionelning chap oyog‘ini emas, balki Ronalduning o‘ng oyog‘ini tanlagan bo‘lishini ta’kidladi.
Erling o‘tgan yozda "Borussiya Dortmund"dan 60 million yevro evaziga "Manchester Siti"ga o‘tgan edi. Tomonlar 2027 yilning o‘rtalariga qadar shartnoma imzolashdi.
Joriy mavsumda Xoland 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 36 ta gol (7 ta penaltidan) va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.