Bugun 23 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Xodimlarni «Open Budget»ga ovoz yig‘ishga majburlash mumkin emas!

Xodimlarni «Open Budget»ga ovoz yig‘ishga majburlash mumkin emas!

Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlarni majburiy ravishda ovoz yig‘ish yoki ovoz berishga jalb qilish mehnat qonunchiligiga zid ekanini eslatdi.

Qonunchilikka ko‘ra, mehnatga ma’muriy tarzda majburlash uchun BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima qo‘llanishi mumkin.

Hozirgi hisobda bu 20,6 mln so‘mdan 41,2 mln so‘mgacha jarima degani.

Ya’ni, xodimdan «Open Budget» uchun ovoz yig‘ishni talab qilish rahbar uchun qimmatga tushishi mumkin.

Kiritildi: 18:13 22.08.2026. O'qildi: 428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!