Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoyning Putyan shahrida karantin choralari kuchaytirildi

Xitoyning Putyan shahrida karantin choralari kuchaytirildi

Koronavirusning yangi o‘chog‘i aniqlanganidan so‘ng Xitoyning Fusyan viloyatidagi Putyan shahri aholisiga shahardan chiqmaslik tavsiya qilindi, deyiladi “Global Times” gazetasi xabarida.
Avvalroq shaharda virus qayd etilishi bilan bog‘liq 20 ta, shahar atrofida esa, 19 ta holat aniqlangandi.

Shahardan chiqmoqchi bo‘lganlardan koronavirus bo‘yicha salbiy test hujjati talab qilinadi. Bundan tashqari, kinoteatr, muzey va kutubxonalar yopilishi va restoranlar faoliyatiga cheklovlar joriy qilinishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda pandemiya davomida 95 ming 199 kishi COVID-19 virusiga chalingan, 4636 kishi kasallik qurboni bo‘lgan.

Kiritildi: 13:57 13.09.2021. O'qildi: 1971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!