Xitoyning eng boy odamlaridan biri Szo Xuy vafot etdi.
Manbaga ko‘ra, milliarder 50 yoshda edi. Uning o‘limiga kasallikning kutilmagan darajada kuchayishi sabab bo‘lgan.
Xuy - uylarni sotish va ijaraga berish bo‘yicha Xitoyning eng yirik onlayn platformasining asoschisi va rahbari. "Forbes" Xuyning boyligini 14 milliard dollarga baholamoqda.