Xitoyning kamida 54 shahri, shu jumladan, eng yirik aglomerasiya «Pekin- Tyanszin-Xebey»da havoning haddan tashqari ifloslanganligi to‘g‘risida ogohlantirish tarqatildi.
54 ta shaharning 47 ta aholi punktida havoning ifloslanish darajasi «to‘q sariq» daraja, yana yettitasida – «sariq» daraja deb e’lon qilindi.
Mamlakat markazidagi Pekin va Tyanszin shaharlaridan tashqari Xebey, Xenan, Shansi, Shensi va Shandun provinsiyalarida ham kuchli tutun kutilmoqda.
Xitoyning ushbu hududlarida ifloslantiruvchi moddalarning to‘planishiga olib keladigan noqulay ob-havo sharoiti 18 noyabrgacha davom etadi.
Pekin shahrining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kuz-qish davrida energetika, sanoat, transport infratuzilmasi va boshqa sohalarda havoning ifloslanishiga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks maqsadli choralar ko‘rilmoqda.