Xitoylik olimlar dunyodagi birinchi yadroviy optik soatni yaratdilar va uning barqaror ishlashini ta’minladilar.
Shunday qilib, ular aniq kvant o‘lchovlari doirasini atom yadrosi darajasigacha kengaytirdilar. Bu haqda Xinhua agentligi xabar berdi.
Qurilmani yaratish uchun dosent Din Shisyan boshchiligidagi Sinxua universiteti va Pekin kvant axborot instituti mutaxassislari jamoasi 148 nanometr to‘lqin uzunligiga ega uzluksiz vakuumli ultrabinafsha lazerni ishlab chiqdilar. Shuningdek, ular toriy-229 bilan qo‘shilgan kalsiy ftorid kristalini yaratdilar.
Dinning so‘zlariga ko‘ra, yangi soatning chastota barqarorligi shunga o‘xshash loyihada ishtirok etgan yevropalik tadqiqotchilarning natijalaridan taxminan o‘n baravar yuqoridir.
— Yadroviy optik soat vaqt va chastota uchun yangi avlod standartiga aylanadi. Uning muvaffaqiyatli yaratilishi bu asrda kvant aniqlik o‘lchovlari sohasida katta yutuqdir, — dedi Sinxua universiteti fizika kafedrasi mudiri Chjay Xuey.
Qattiq jismli yadro soatining yaratilishi uning kelajakdagi ixchamligi va sun’iy yo‘ldosh navigasiyasida, shuningdek, chuqur kosmik tadqiqotlarda qo‘llanilishi uchun texnologik asos yaratadi.