Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Xitoydan yana bir davlat "yuz o‘girdi"

Xitoydan yana bir davlat "yuz o‘girdi"

Kanada tashqi ishlar vaziri Fransua-Filipp Shampan "Globe« va »Mail" nashriga bergan intervyusida uning mamlakati Xitoy bilan erkin savdo zonasini tashkil etish bo‘yicha barcha muzokaralarni to‘xtatganini aytdi.

«Xitoy 2016 yildagi davlatga hozir o‘xshamaydi, aynan shuning uchun Kanada ulardan yuz o‘girdi. O‘shanda amalga oshirilgan barcha tashabbuslar va siyosat qayta ko‘rib chiqilishi kerak, ularni rivojlantirish uchun sharoit yo‘q», – deya ta’kidladi Shampan

Kanada va Xitoy 2016 yil sentyabr oyida erkin savdo bo‘yicha muzokaralarni boshlagandi.

Vaziyat 2018 yil dekabrida AQShning iltimosiga binoan Xitoyning texnologik giganti Huawei kompaniyasining bosh moliyaviy xodimi Men Vanchjou hibsga olingandan keyin keskinlashdi.

2019 yil yanvar oyida AQSh Adliya vazirligi Huawei va Men Vanchjouga sanoat josusligi, tijorat sirlarini o‘g‘irlash, odil sudlovga to‘sqinlik qilish va AQShning Eronga qarshi sanksiyalarini buzishda aybladi. Keyinchalik vaziyat dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari o‘rtasidagi savdo urushiga aylandi.

Xitoy, o‘z navbatida, Kanadaning ikki fuqarosini hibsga oldi va ularga rasmiy ravishda josuslik ayblovini qo‘ydi. Kanada hukumati bu qasos olish maqsadida qilingan degan firkda.

Kiritildi: 18:58 20.09.2020. O'qildi: 5852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!