Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Xitoydan Rossiyaga avtomobil eksporti oshdi

A A A
Xitoydan Rossiyaga avtomobil eksporti oshdi

Rossiyaning Xarbindagi Bosh konsulligi xabariga ko‘ra, Xitoydan Rossiyaga yangi avtomashinalarni qo‘shma quruqlik chegarasi orqali yetkazib berish sezilarli darajada oshgan.

2022 yilning yetti oyi davomida Kraskino-Xunchun nazorat-o‘tkazish punkti orqali Xitoy uskunasining eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 150 foizga oshdi. Bular mingdan ortiq turli xil transport vositalari – dizel samosvallari, yarim tirkamalar, avtobuslar, tijorat va yo‘lovchi transport vositalaridir.

Qayd etilishicha, “Kraskino-Xunchun avtomobil nazorat punkti Xitoydan Rossiyaga yangi avtomobillarni jo‘natishning muhim kanallaridan biriga aylanmoqda”.

“Joriy yilda buning uchun Maxalino-Xunchun temir yo‘l chegara punkti orqali o‘tuvchi konteyner yo‘nalishlaridan ham faol foydalanilmoqda. Faqat iyul oyida u orqali Rossiyaga Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi 51 ta konteyner jo‘natildi”, – deyiladi Bosh konsullik xabarida.

Kiritildi: 13:45 26.08.2022. O'qildi: 2450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik