Xitoyning shimoli-g‘arbidagi Gansu provinsiyasida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida 33 kishi tuproq ostida qoldi. Davlat ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, ularning 16 nafari qutqarilgan.
Hodisa Lunnan shahrining Nanxe tumanida mahalliy vaqt bilan ertalab soat 07:00 dan oldin sodir bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘chki oqibatida kamida besh kishi halok bo‘lgan, yana 12 kishi bedarak hisoblanmoqda.
Hozircha ko‘chkiga nima sabab bo‘lgani aniqlanmagan. Davlat telekanali CCTV tarqatgan foto va videolarda qutqaruvchilar va uchta ekskavator o‘rmonli tog‘ hududida qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borayotgani aks etgan.
Qutqaruv amaliyoti davom etayotgan bir paytda mahalliy hokimiyat ehtimoliy xavf sabab yaqin atrofdagi aholini xavfsiz hududlarga evakuasiya qildi.