Gazetaning yozishicha, Xitoyda turar-joy binolaridan faqat vafot etganlarning xokini saqlash uchun foydalanishga nisbatan taqiq kuchga kirdi. Bunga mamlakatda "xonadon-kolumbariylar" ommalashib ketgani sabab bo‘ldi.
Bu oddiy ko‘p qavatli binolardagi xonadonlar bo‘lib, ularda hech kim yashamaydi. Aholi bunday uylarni faqat yaqinlarining xoki solingan idishlarni saqlash uchun sotib olishmoqda, deyiladi gazeta maqolasida.
Avvalroq ushbu amaliyot aholining qarishi, ko‘chmas mulk bozoridagi inqiroz va ayniqsa yirik shaharlardagi qabristonlarda joy yetishmasligi fonida keng tarqala boshlagan edi.