Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Xitoyda xavfning “qizil” darajasi e’lon qilindi

A A A
Xitoyda xavfning “qizil” darajasi e’lon qilindi

Avvalroq Tayvan oroliga o‘ta shiddatli “Mariya” tayfuni yaqinlashib kelayotgani haqida xabar bergan edik.
 
“Mariya” tayfuni Xitoyning sharqiy viloyatlariga yopirilib, 580 ming odam evakuasiya qilinishiga sabab bo‘ldi.
 
“Mariya” super tayfuni Fuszyan (aholisi 37 million) va Chjeszyan (aholisi 57 million) viloyatlariga shiddat bilan zarba bergan. Shuningdek, o‘zi bilan jala va kuchli shamolni olib kelgan. Xitoy Xalq Respublikasining Meteorologiya boshqarmasi tayfun kelgan viloyatlarda xavfning eng yuqori “qizil” darajasini e’lon qilgan.
 
Birinchi bo‘lib, tabiiy ofat zarbasiga uchragan Fuszyan viloyatida umumiy hisobda 193 ming odam evakuasiya qilingan. Chjeszyan viloyati hokimiyati tabiiy ofat hududidagi 391 mingga yaqin odamni xavfsiz joyga ko‘chirgan. Viloyat bo‘ylab 20 ming qayiqchi kemalari portlarga qaytgan.
 
Ofat yopirilgan rayonlarda temir yo‘l va avia qatnovlar to‘xtab qolgan. Ma’lumotga ko‘ra, tayfun keltirgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy zarar 490 million yuanga (73,4 million dollar) baholandi.

Qalampir.uz

Kiritildi: 11:46 12.07.2018. O'qildi: 1364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik