Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Xitoyda tug‘ilishning kamayishi sababi ma’lum bo‘ldi

Xitoyda tug‘ilishning kamayishi sababi ma’lum bo‘ldi

Oxirgi ma’lumotlar bo‘yicha hukumat o‘nlab yillar davom etgan teskari siyosatdan so‘ng odamlardan aksincha, ko‘proq farzand ko‘rishni iltimos qilmoqda.

Materik Xitoyda tug‘ilish darajasi 2021 yilda 1000 kishiga 7,52 nafarni tashkil qilib, rekord darajada pasaydi. Milliy statistika byurosining bugun bergan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Pekin xitoyliklarga uch nafargacha farzand ruxsat berganiga qaramay, tug‘ilishda pasayish tendensiyasi tezlashgan.

Xitoy 2016 yilda o‘n yillik “bir oilaga bir bola” siyosatidan voz kechib, aholining tez qarishiga qarshi turish uchun uni ikki bola bilan almashtirdi, biroq ko‘plab juftliklar shaharda yashash sharoitlari qimmatligi sababidan ko‘proq farzand ko‘rishni istamaydi.

Tug‘ilish darajasi Statistika byurosi ma’lumotlarni yig‘ishni boshlagan 1949 yildan beri eng past ko‘rsatkich bo‘ldi.

Migrasiyani hisobga olmaganda Xitoy aholisining tabiiy o‘sishi 2021 yilda atigi 0,034 foizni tashkil etdi, bu 1960 yildan beri eng past ko‘rsatkichdir.

Pinpoint Asset management kompaniyasi bosh iqtisodchisi Chjivey Chjan: «Demografik muammo hammaga ma’lum, ammo aholining qarish tezligi kutilganidan ham tezroq» degan.

«Bu Xitoy aholisining umumiy soni 2021 yilda eng yuqori cho‘qqiga chiqqan bo‘lishi mumkinligini bildiradiadi. Bu shuningdek, Xitoyning potensial o‘sishi kutilganidan tezroq sekinlashishi mumkinligini ko‘rsatadi», — degan Chjan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda 10,62 million chaqaloq tug‘ilgan, 2020 yilda esa bu ko‘rsatkich 12 millionga teng bo‘lgan.

2020 yilda tug‘ilish darajasi har 1000 kishiga 8,52 bola bo‘lgan.

Kiritildi: 23:01 17.01.2022. O'qildi: 4314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!