Xitoyning Xubey provinsiyasida yuz bergan ikki tornado oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi bedarak yo‘qolgan. Tabiiy ofat kecha, 6-iyul kuni kechqurun bir nechta shaharlarni qamrab olgan.
Shamol tezligi soatiga 149 kilometrga yetib, avtomobillarni ag‘dargan, binolarga va infratuzilmaga zarar yetkazgan.
Xitoy hukumati qutqaruv ishlarini kuchaytirgan. Meteorologlar hududda kuchli yomg‘irlar davom etishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.