Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Xitoyda tarqalgan yangi "qotil virus" koronavirusdan xavfsizroqmi?

Xitoyda tarqalgan yangi "qotil virus" koronavirusdan xavfsizroqmi?

O‘limga olib keladigan yangi SFTS virusi koronavirus va grippning kombinasiyasiga nisbatan xavfsizroq. Bu haqda rossiyalik shifokor Vladislav Mitroxin ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi virus hali ham yaxshi tushunilmagan, faqatgina oshqozon-ichak traktining namoyon bo‘lishi ma’lum. "Aftidan, bu mahalliy bo‘lib, koronavirus kabi tarqalmaydi. Ammo hozircha juda oz ma’lumot mavjud, virusni yuqtirish yo‘llari aniq emas», dedi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, SFTS hasharotlar, kemiruvchilar, artropodlar va sutemizuvchilarda uchraydi, qon, yiring, chaqish orqali yuqadi, tashuvchi tanasidan boshqa tirik organizmning shilliq qavatiga tushadi.

Rospotrebnadzorning xabariga ko‘ra, SFTS — yangi infeksiya emas, chunki u birinchi marta 2009 yilda topilgan. Uning belgilari trombositopeniya, leykositopeniya, oshqozon-ichak traktining zararlanishi, qusish, diareya. Bundan tashqari, ushbu kasallikni aniqlash uchun diagnostika mavjud.

Eslatib o‘tamiz, 8 avgust kuni Xitoyda SFTS virusining yangi turi tarqalgani haqida xabar berildi. Kamida yetti kishi vafot etgan. Shu bilan birga, mutaxassislar barcha choralar ko‘rilganligi, vahima qo‘zg‘ash uchun hech qanday sabab yo‘qligini ta’kidlashmoqda.

Kiritildi: 17:57 09.08.2020. O'qildi: 5831 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!