Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Xitoyda qancha odam koronavirusga qarshi emlangani ma’lum bo‘ldi

Xitoyda qancha odam koronavirusga qarshi emlangani ma’lum bo‘ldi

Xitoyda millionga yaqin odam Sinopharm kompaniyasining hali klinik sinovlardan o‘tkazilayotgan tajribaviy vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda kompaniya rahbari Lyu Szinchjen xabar berdi. 

“Vaksina favqulodda qo‘llash rejimida taxminan million kishiga qo‘llandi. Bunda birorta jiddiy ikkilamchi ta’sir aniqlanmagan. Odamlarda faqat kuchsiz simptomlar kuzatilgan”, deb ma’lum qilgan Sinopharm rahbari. 

Bundan tashqari, Xitoyning Chjeszyan provinsiyasida Sinovac Biotec kompaniyasining vaksinasini yuqori xavf guruhidagi odamlarga qo‘llashga ruxsat berilgan. Biroq ushbu vaksina qancha odamda qo‘llangani ma’lum qilinmagan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Xitoyda koronavirusga qarshi 11ta vaksina klinik sinovlardan, jumladan, 4ta vaksina sinovlarning yakuniy – 3-bosqichidan o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 07:35 21.11.2020. O'qildi: 2386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!