Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Xitoyda loy va tosh seli uylarni vayron qildi

Xitoyda loy va tosh seli uylarni vayron qildi

Xitoyning janubi-sharqida joylashgan Szyansi provinsiyasida yuz bergan loy va tosh seli oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda «Xinhua» axborot agentligi xabar berdi. Tabiiy ofat 5 sentyabr kuni ertalab Szian shahar okrugida qayd etilgan. Ayni paytda yetti kishi bedarak yo‘qolgani ma’lum qilinmoqda.

Kuchli sel oqimi sakkizta turar joyni butunlay vayron qilgan, yana to‘rtta binoga esa yengil zarar yetkazgan.

Ofat hududida 170 dan ortiq kishi ishtirokida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Shu bilan birga, yo‘llarni mustahkamlash va yangi geologik ofatlarning oldini olish maqsadida muhandislik ishlari ham olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:52. O'qildi: 61 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!