Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Xitoyda COVID-19 bilan kasallanish keskin oshdi

Xitoyda COVID-19 bilan kasallanish keskin oshdi

Xitoyda COVID-19 bilan kasallanish holatlari yana ko‘paymoqda. Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyida mamlakatda 79 mingta tasdiqlangan infeksiya holati qayd etilgan.

Ularning 130 nafari og‘ir ahvolda bo‘lgan, bir bemor esa vafot etgan.

Taqqoslash uchun, may oyida qariyb 21,9 ming, aprel oyida esa 23,5 mingta COVID-19 holati aniqlangan. Mutaxassislar kasallanish o‘sish tendensiyasi saqlanib qolayotganini qayd etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, iyun oyida qayd etilgan barcha holatlar Omikron varianti bilan bog‘liq bo‘lgan. Shu bilan birga, mutaxassislar virusning yangi shtammlari paydo bo‘lganini tasdiqlovchi alomatlar aniqlanmaganini bildirdi.

Kiritildi: 17:52 13.07.2026. O'qildi: 1743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!