Xitoy Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Szyan Binning NetEase portaliga bergan izohiga ko‘ra, Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari orqali Tayvan suverenitetiga kuch bilan aralashishga urinsa, jiddiy oqibatlarga duch keladi.
Szyan Binning aytishicha, Tokio vakillari “o‘z tarixlaridan sabaq olishlari” va Taypeyni himoya qilishga urinmasliklari kerak.
“Xalq ozodlik armiyasining temir irodasi tufayli har qanday aralashuv qattiq mag‘lubiyatga uchraydi”, – deya ta’kidladi Szyan Bin.