Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Xitoy va Nepal transhimolay temir yo‘lini qurmoqchi

Xitoy va Nepal transhimolay temir yo‘lini qurmoqchi

Xitoy hukumati Xitoy-Nepal transhimolay temir yo‘li qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlashda Nepalga yordam bermoqchi ekanini tasdiqladi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Van Venbin brifingda ma’lum qilgani aytilmoqda.

«Kazinform» agentligining yozishicha, «Xitoy ushbu masalani o‘rganish va Nepalga yordam berish uchun bir yil ichida ushbu tog‘li yurtga ekspertlarini jo‘natadi», – degan diplomat.

10 avgust kuni Shandun provinsiyasining Sindao shahrida Xitoy va Nepal tashqi ishlar idorasi rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, Xitoy-Nepal yo‘lida ko‘priklar va tunnellar yo‘nalish loyihasi 90 foizdan oshadi, shu bois bir kilometr yo‘lning qurilish xarajati taxminan 200 million yuanga baholanmoqda.

Xabarda aytilishicha, temiryo‘l magistralining transchegaraviy uchastkasi uzunligi kamida 200 kilometr chiqadi.

Kiritildi: 09:56 16.08.2022. O'qildi: 1152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!