Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoy va Nepal Everestning balandligini qayta o‘lchamoqchi

Xitoy va Nepal Everestning balandligini qayta o‘lchamoqchi

Dunyoning eng baland cho‘qqisi — Everest (Jomolungma)ning rasmiy qayd etilgan balandligi 8848 metrga teng. Mutaxassislar tog‘ kuchli zilzila oqibatida cho‘kkan, degan to‘xtamga kelishgan.

Qator geologlarning ana shunday fikrlaridan so‘ng Xitoy va Nepal hamkorlikda Everestda qayta o‘lchov o‘tkazishmoqchi. 12-13 oktyabr kunlari XXR rahbari Si Szinpin hamda Nepal prezidenti Bidxya Devi Bxandari uchrashuvi chog‘i ushbu kelishuvga kelingan.

Ayni paytda Everestning balandligi rasman 8848 metr. Nepalda 2015 yili kuchi 7,8 balgacha qator yer silkinishlari sodir bo‘lgan va tabiiy ofat qurbonlari soni sakkiz ming kishiga yetgandi. Shundan so‘ng olimlar tabiat injiqliklari oqibatida dunyodagi eng baland cho‘qqi pasayib qolgan degan taxminlarni ilgari surishni boshlashgandi.

Eslatib o‘tamiz, Everest balandligi birinchi marta 1847 yilda Endryu Vo boshchiligidagi hindistonlik ekspedisiya tomonidan o‘lchangan. Unda tog‘ning balandligi 8 840 metrga baholangan.

 

 

Kiritildi: 20:10 16.10.2019. O'qildi: 1763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!